
"Latsio" oson ko‘ringan o‘yinda qiyin g‘alabaga erishdi
Bugundan Italiya chempionatida 27-tur start oldi. Tur doirasidan o‘rin olgan "Latsio" - "Krotone" uchrashuvi yakunlandi.
Turnir jadvalining quyi qismida borayotgan "Krotone" safarda rimliklarga tashvish tug‘dirdi. Chunki "Latsio" kuchsiz raqib ustidan qiyin g‘alabaga erishdi - 3:2.
Italiya chempionati
27-tur
"Latsio" – "Krotone" 3:2
Gollar: Milinkovich-Savich 14, Luis Alberto 39, Kaysedo 84 - Nvankvo 29, penalti 50
"Latsio": Reyna, Gabarron, Radu (Pereyra, 84), Acherbi, Marushich, Leyva (Eskalante, 70), Fares (Lulich, 70), Luis Alberto, Milinkovich-Savich, Korrea (Kaysedo, 76), Immobile (Muriki, 76).
"Krotone": Kordats, Pedru Pereyra (Benali, 70), Luperto, Golemich, Retsa (Rispoli, 65), Unas, Petrichchone (Di Karmine, 88), Junior Messias, Molina, Magalyan (Jiji, 46), Nvankvo.
Ogohlantirishlar: Jiji (53), Rispoli (78), Petrichchone (83).
Fikrlar