Laporta yaqin yillar ichida La Ligada tanhohokimlikni o‘z qo‘liga olmoqchi

  • 22 dekabr, 2022, 12:44
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yaqin yillar ichida o‘z tarkibini jiddiy kuchaytirishni rejalashtirgan. Bu haqda "ko‘k-anorranglilar" prezidenti Joan Laporta jurnalistlar bilan suhbatda aytib o‘tdi.

Tecno

"Biz chempionlik uchun kurashda asosiy da’vogarmiz. Asosiy maqsadimiz La Liga g‘olibligini qo‘lga kiritishdir. Hozir bizda yosh va tajribali futbolchilardan tashkil topgan yaxshi jamoa shakllandi.

O‘ylaymanki, ikki yildan keyin biz yanada kuchliroq bo‘lamiz va raqobatbardosh tarkibni yig‘amiz. Biz La Ligada eng zo‘r bo‘lishni rejalashtirmoqdamiz", - dedi "Barca" rahbari.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionatining 14-turidan keyin Xavi shogirdlari turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa eng yaqin ta’qibchisidan ikki ochkoga oldinda boryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!