
“Lans” muxlislari Husanovning superklubga transferiga qanday munosabat bildiryapti?
Abduqodir Husanov O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda “Lans”dagi o‘yinlari bilan bir qator katta klublar nazariga tushdi.
Evropadagi manbalar 20 yoshli o‘zbek futbolchisi Angliya, Germaniya va Frantsiya chempionatlarida “Arsenal”, “Tottenxem”, “Chelsi”, “Everton”, “Nyukasl”, “Bayer”, “Marsel”, “Pari Sen-Jermen” kabi grand klublar kuzatuvida ekanini yozmoqda.
O‘z navbatida, “Lans” muxlislari Abduqodir Husanovning transferi borasidagi ma’lumotlarga o‘z munosabatlarini bildirmoqda.
Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga frantsiyalik muxlislarning fikr-mulohazalarini havola etadi.
PAT:
Birinchi navbatda, Abduqodir Husanovni qo‘yib yuborishga shoshilmasligimiz kerak. O‘yini shu tarzda barqaror rivojlanadigan bo‘lsa, transfer narxi ham hali yana bir necha baravar oshadi.
SYL1362:
Husanov 50 million evroga arziydigan o‘yinchi. Bu himoyachiga munosib xaridor topish kerak. Ko‘p narsa sport direktori Dreossining futbolchini yuqori baholab, uni da’vogarga o‘tkazishdagi mahoratiga bog‘liq.
BASS62:
Birinchi o‘rinda Abduqodir Husanovni emas, Kevin Dansoni sotib yuborish kerak. Bu transfer klubga pul keltirishdan tashqari, maoshlar fondiga ancha engillik bo‘ladi. Lekin klub qishda Dansoni ham, Husanovni ham qo‘yib yuborishiga bir soniya bo‘lsa ham ishonmayman.
Bundan tashqari, Husanov jamoada muqim o‘rni borligini biladi. Danso bilan ham, u bo‘lmasa ham o‘ynayveradi. Husanovning “Lans”ning kelajagi va asosy tayanchiga aylanib bo‘ldi.
BONAPARTE:
Husanov endi grand klublar nazaridan chetda qolmaydi. Yaqinlashib kelayotgan transferlar oynasimi, yoki undan keyingidami, baribir uni ushlab qolish juda qiyin ishga aylanadi. “Lans” mo‘may daromad olish va jamoadagi raqobatbardoshlikni ushlab qolishda muhim muvozanatni topishi talab etiladi.
VIEUX SUPPORTER:
Husanovning yoshi, futboldagi kelajagi, yuqori salohiyatini inobatgat olib, uni 60 million evrodan kamiga qo‘yib yubormaslik kerak.
FD:
Abduqodir buyuk futbolchi, biz uni tarkibda olib qolishimiz kerak. Faqat favqulodda katta summa tikilganida qo‘yib yuborish mumkin. Yaxshisi, Husanovni olib qolib, Dansoni sotib yuborgan ma’qul.
ROMSES78:
Har qanday summa taklif qilinishidan qat’i nazar, uni qabul qilsak, Husanov biz uchun katta yo‘qotishga aylanadi. PSJga qo‘yib yuborishimizga hali biroz erta, deb o‘ylayman.
LENSOISDECOEUR62:
Husanovni Angliyaning grand klublari olib ketishini kutishi kerak. Abduqodir Angliya Premer-ligasida ham o‘ynay oladi.
Hurmatli muxlislar, siz nima deb o‘ylaysiz, Abduqodir Husanov qaysi jamoaga o‘tgani ma’qul? Fikrlaringizni izohda qoldiring.
Fikrlar