
“Lans” Angliya grandlari kutayotgan Husanovni qanchaga baholayapti?
Evropa manbalarida O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Lans” klubi himoyachisi Abduqodir Husanovning kelajagi ko‘p muhokama qilinmoqda.
Keyingi paytda o‘zbek futbolchisiga Angliya Premer-ligasining “Arsenal”, “Everton” va “Nyukasl” kabi klublari qiziqish bildirayotgani haqida ma’lum qilindi.
Bu bejiz emas, albatta. 20 yoshli legionerimiz mavsum boshidan beri “Lans”ning UEFA konferentsiyalar ligasi va Frantsiya chempionatidagi barcha o‘yinlarining aksariyatida uchrashuvlarida jamoasining eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etib kelinmoqda.
Tabiiyki, yorqin va shiddatli o‘yini bilan ko‘zga tashalanayotgan Abduqodir Husanovning iste’dodi Evropada ham e’tirof etila boshlandi.
- Himoyadagi xotirjamligi, yakkakurashlardagi ustunligi, maydonni ko‘ra olish qobiliyati, uzun va aniq paslari bilan tanilgan Abduqodir Husanov eng raqib darvozasiga ham xavf solishga urinmoqda. Keyingi o‘yinlarda o‘zbek futbolchisining gol urish uchun harakat qilayotgani ham kuzatilyapti.
“Lans”ning himoya qo‘rg‘oniga aylanib qolgan Abduqodir Husanov jamoasining o‘nta uchrashuvidan oltitasida, ya’ni UEFA Konferentsiyalar ligasida “Panatinaikos”, Liga 1 turlarida “Monako”, “Lion”, “Nitstsa”, “Strasbur” va “Sent-Eten” bilan bo‘lgan bellashuvlarda eng yaxshi futbolchi, deb topildi. Qolgan bahslarda Bris Samba, Uesli Said, Kevin Danso va Yoanner Chaves bir marotabadan ana shu nomga loyiq ko‘rildi, - deb yozmoqda le11hdf.fr sayti.
Frantsiyada mavsum kashfiyoti bo‘lgan Abduqodir Husanovga Angliya Premer-ligasi vakillarining qiziqish bildirayotgani “Lans”ning transfer siyosatiga ta’sir ko‘rsatadi.
- Ko‘plab manbalar tomonidan uchrashuvlarda eng yaxshi o‘yinchi sifatida e’tirof toshkentlik himoyachiga Angliya Premer-ligasidan qiziqish bo‘layotgani haqida ma’lumotlar tarqatilayotgani asosli.
20 yoshli Husanovni boshqa ligalardagi klublar ham kuzatib borayotganbo‘lsa, ajab emas.
Ma’lumotlarga qaraganda, Belarusning “Energetik-BGU” klubidan 100 ming evroga transfer qilingan o‘zbek futbolchisini “Lans” rahbariyati 30 million evro atrofida baholamoqda. Shu summa atrofidagi narxga “Lans” bosh murabbiyi Uill Still va bosh direktor Per Dreossi iqtidorli yosh o‘yinchini qo‘yib yuborishga qarshilik qilmadi.
Ayni paytda legionerning lansliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan, - deb yozdi jeunesfooteux.com sayti eksperti Loik Jego.
Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov futbolning ilk saboqlarini “Bunyodkor” akademiyasida olgan. Professional faoliyatini Belursning “Energetik-BGU” jamoasida oldi. Bu klub safida jami 37 ta uchrashuvda ishtirok etib, to‘rttadan gol va assist muallifi bo‘lgan.
Bir yildan ortiqroq vaqt davomida Frantsiya chempionati, Evropa Chempionlar ligasi, Evropa ligasi va Konferentsiyalar ligasi musobaqalarida “Lans” uchun jami 25 ta uchrashuv o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi.
Husanov 2023 yilning iyun oyidan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasiga jalb qilinmoqda. Xalqaro miqyosda hozirgacha 16 ta uchrashuvda ishtirok etdi.
Fikrlar