La Ligada qo‘shhokimlik: "Atletiko" avtogol evaziga "Valensiya"ni mag‘lub etib, chempionat karvonboshisiga etib oldi

  • 28 noyabr, 2020, 22:09
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionati 11-turi markaziy uchrashuvida "Atletiko" "Valensiya" bilan bahs olib bordi va qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi.

Tecno

Uchrashuv madridliklarning ustunligida o‘tdi. Ikkinchi taymning 79-daqiqasida Antonio Latorre qanotdan uzatilgan uzatmadan so‘ng, to‘pni o‘z darvozasiga to‘g‘rilab qo‘ydi. Ushbu gol o‘yin taqdirini hal qildi.

Shu tariqa 9 o‘yinda 23 ochko to‘plagan "matraschilar" turnir jadvali etakchisi "Real Sosedad"ga etib oldi. "Ko‘rshapalaklar" esa 11 o‘yinda 12 ochko bilan 10-pog‘onada qoldi.

Ushbu uchrashuv saytimiz orqali matnli translyatsiya qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!