
La Liga. "Real" o‘z uyida yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi
La Liganing 27-turidan o‘rin olgan "Real" va "Real Sosedad" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakuniga etdi. Unda mezbonlar yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinda gollarni mezbonlardan Kamavinga, Modrich, Benzema va Asensio kiritishga muvaffaq bo‘ldi. "Sosedad"ning yagona goli Oyarsabal nomiga qayd etildi.
Ushbu natijadan so‘ng "qirollik klubi" ochkolari sonini 63 taga etkazib oldi. Jamoa ayni payt La Liga jadvalida 1-pog‘onani egallab turibdi.
"Real Sosedad" hisobida 44 ochko bor bo‘lib, klub 6-o‘rindan joy olgan.
Fikrlar