
La Liga rahbari Benzema va Levandovskidan kim kuchli ekanligi haqidagi savolga javob berdi
La Liga rahbari Xaver Tebas ispan grandlari “Real” va “Barselona”da to‘p tepayotgan ikki hujumchi orasida kimni eng yaxshi deb bilishi haqidagi savolga javob berdi. Gap "Barselona" futbolchisi Robert Levandovski va "Real" hujumchi Karim Benzema haqida ketmoqda.
“Kim yaxshiroq, Benzema yoki Levandovski? Men "Real" Madrid muxlisiman, shu bois, Benzemani eng yaxshisi deb hisoblayman”, - deya Tebasning so‘zlarini jurnalist Gonsalo Palafoks.
Karim Benzema o‘tgan mavsumni ajoyib o‘tkazdi. Frantsuz forvardi ayni payt "Oltin to‘p" uchun asosiy da’vogar sanaladi. Robert Levandovskiga kelsak, u yozgi transfer oynasida "Bavariya"dan "Barselona"ga o‘tdi.
Fikrlar