
La Liga. O‘tgan turda "Real"ni jazolagan "Jirona" bu safar "Sevilya"ni mag‘lub qildi
La Liganing 32-turidan o‘rin olgan "Sevilya" - "Jirona" bahsi mehmonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Dastlab, Xuanpe hisobni ochgan bo‘lsa, Kastelyanos oradagi farqni ikkitaga oshirdi.
Shu tariqa, "Jirona" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, turnir jadvalida 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Sevilya" esa 12-pog‘onada bormoqda.
Fikrlar