
La Liga. Mavsumning ilk uchrashuvida "Rayo Valekano" "Jirona"ni taslim etdi
Ispaniya La Ligasining 1-turidan o‘rin olgan "Jirona" - "Rayo Valekano" o‘rtasidagi bellashuvda Madrid klubi kataloniyaliklarni 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Dastlab uchrashuvning 18-daqiqasida mehmonlar futbolchisi De Frutos Xorxe hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 2 daqiqa o‘tib esa goldan ilhomlangan madridliklar ikkinchi golni ham urishdi. Bo‘lim so‘nggida esa Isi Palazón hisobni yiriklashtirib, jamoasining bo‘limga g‘alaba bilan ketishini ta’minladi. Ikkinchi bo‘limni esa kataloniyaliklar hujumkor boshlagan holda, 57-daqiqada hisobni qisqartirdi. Golga esa Joel Roka mualliflik qildi.
Ushbu g‘alaba orqali "Rayo Valekano" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, turnirda vaqtinchalik peshqadam bo‘lib oldi.
- Ispaniya - La Liga
- Joriy Mavsum

Jirona
- Joel Roca Casals 57'
Tugadi
1
:
3
15.08.2025 22:00

Rayo Valekano
- Álvaro García 20'
- Jorge de Frutos 18'
- Isi Palazón 45'
Fikrlar