
La Liga. "Barselona" ikkinchi o‘rinni deyarli hal qildi
"Barselona" La Liganing 36-turida "Almeriya" mehmoni bo‘lib, 0:2 hisobida g‘alaba qozondi. Ferminning dubli Kataloniya klubiga 3 ochko taqdim etdi.
Shu tariqa, jamoa ochkolari sonini 79 taga etkazib olib, "Jirona" bilan farqni 4 taga oshirib oldi. Mishel shogirdlari bu turda "Vilyarreal"ni o‘z maydonida qabul qilib, mag‘lubiyatga uchragandi.
La Ligada mavsum tugashiga ikkita tur qoldi. "Barselona" "Rayo Valekano"ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozona olsa, rasman ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritadi. Shu bilan birga, Ispaniya Superkubogidagi ishtirokini ham naqd qilib qo‘yadi.
Fikrlar