
La Liga. "Barselona" "Betis"ni osonlik bilan mag‘lubiyatga uchratdi
La Liganig 32-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Real Betis" bahsi mezbonlarning yirik 4:0 hisobidagi g‘alabsi bilan tugadi.
O‘yinda hisobni Kristensen ochgan bo‘lsa, Levandovski oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. Taym so‘nggida Rafinya ham o‘z nomiga bitta gol yozdirdi. 82-daqiqada Rodriges o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni 4:0 ko‘rishiga keltirdi.
Shu tariqa, "Barselona" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, "Real" bilan oradagi farqni 11 ochkoga etkazdi.
Fikrlar