
L’Equipe: Tuxel PSJ bilan shartnomasini uzaytirdi
Germaniyalik mutaxassis Tomas Tuxel PSJ klubida ishlashda davom etadi.
L’Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Tuxel bugun parijliklar bilan amaldagi shartnomasini uzaytirgan. Yangi shartnoma 2021 yilning yozigacha imzolangan. Tez orada bu borada rasman e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Tuxel PSJ rahbariyatining transfer siyosati borasida kelisha olmayotgani sabab shartnomani uzaytirmasligi borasida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar