
Kutganmidingiz!? Nurmagomedov - Fergyuson to‘qnashuv oqshomida Murodov ham jang qiladi
Xabaringiz bor, 18 aprel kuni UFC 249 doirasida engil vazn toifasi chempioni Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang bo‘lib o‘tadi.
E’tiborli tomoni, hamyurtimiz Mahmud Murodov ham ushbu oqshomda oktagonga ko‘tariladigan bo‘ldi.
Murodovga AQShlik Karl Roberson raqiblik qiladi. Roberson hisobida 9 ta g‘alaba va ikkita mag‘lubiyat bor.
Ma’lumot uchun, yurtdoshimiz o‘rta vazn reytingining 43-pog‘onasida qayd etilgan bolsa, Roberson 41-o‘rinni egallab turipti.
Fikrlar