
Kurtua o‘yinlar vaqtidan norozi bo‘lmoqda
La Liganing navbatdagi turida "Real Madrid" o‘z bahsini o‘tkazib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu bellashuvdan so‘ng jamoa darvozaboni hisoblangan Tibo Kurtua bo‘lib o‘tgan uchrashuv va La Liganing turnir jadvali haqida gapirdi.
"Vilyarreal" yaxshi jamoa va bu stadionda har doim qiyin bo‘ladi. O‘yinni unchalik yaxshi boshlamadik, bu esa normal holat – dam olish uchun vaqtimiz etarli emasdi. Lekin yaxshi javob qaytardik va kerakli natijani oldik.
Men bahona qidirayotganim yo‘q, lekin bu normal holat emas. Biz chorshanba kuni 120 daqiqa o‘ynadik, penaltilarga bordik, maydonda so‘nggi daqiqasigacha kurashdik. Shundan so‘ng shanba kuni 18:30 da yana maydonga tushish to‘g‘ri emas.
Bu jamoaga hurmatsizlik. Kimdir jarohat olishi mumkin edi. Biz yakshanba kuni ham o‘ynashimiz mumkin edi, xuddi Angliyada bo‘lgani kabi.
Mbappe ajoyib futbolchi. "Atletiko"ga qarshi ikki uchrashuvda unga bo‘sh hududlar kamroq bo‘ldi, shuning uchun biroz qiyinroq o‘tgan bo‘lishi mumkin. Ammo bugun u o‘z darajasini ko‘rsatdi va ikkita gol urdi. Bu biz uchun muhim g‘alaba!" - dedi belgiyalik posbon.
Fikrlar