
Kurtua: Hamon tirikmiz
Tibo Kurtua "Real"ni Chempionlar ligasi favoritlaridan biri deb hisoblaydi.
Chorshanba kuni madridliklar Chempionlar ligasi guruh bosqichi so‘nggi turi doirasida "Brest"ga qarshi o‘ynaydi. Jamoa ayni dam 12 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda.
- Sizningcha, "Real" boshqa top jamoalar kabi qiyinchilikka duch kelmoqdami?
- Doim balansda bo‘lish uchun ko‘proq mehnat qilish kerak. Bir necha o‘yinda mag‘lub bo‘lganimizga qaramay, hamon tirikmiz va Evropaning eng kuchli jamoalarini mag‘lub etishga qodir ekanligimizga ishonamiz.
- Kuchli sakkizlikka kirish qiyin bo‘ladi, ammo bizda hali o‘yinlar bor. Chempionlar ligasi qiyin turnir. Shubhalarga qaramay, biz endi favoritlardan biri emasmiz, deb o‘ylamayman.
Fikrlar