
Kurtua: "Biz pley-offda hech kimdan qo‘rqmaymiz"
"Real Madrid" darvozaboni Tibo Kurtua UEFA Chempionlar ligasining pley-off bosqichidagi raqiblari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Biz hozirda pley-off o‘yinlarga tayyormiz. Jamoam bilan juda yaxshi formadamiz va hech kimdan qo‘rqmaymiz. Shuni ham ta’kidlash joiz, "qirollik klubi" har doim bor kuchi bilan chempionlik uchun kurashadi.
"Manchester Siti" haqida nimalar deysiz? Siz Chempionlar ligasining bosh sovrinini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lsangiz, avvalambor, ularni mag‘lubiyatga uchratishingiz kerak bo‘ladi. Shu bois, yana bir bor aytaman, biz hozirgi kunda jang qilish uchun tayyormiz" - deya ta’rif berib o‘tdi, belgiyalik posbon.
Fikrlar