Kurash. Jahon chempionatida ishtirok etadigan tarkibimiz ma’lum

CHERY AUTO

25-31 iyul kunlari Italiya poytaxti Rim shahrida sport kurashlari (erkin, yunon-rum va ayollar kurashi) bo‘yicha o‘smirlar (U17) o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Ushbu dunyo birinchiligida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ham har uchchala yo‘nalishda medallar uchun kurash olib boradi. Xalqaro toifadagi referi G‘ayratulla Abdullaev jahon chempionatida hakamlik qiladi.

Birinchilardan bo‘lib bugun Baxtiyor Sayfiev murabbiyligidagi O‘zbekiston yunon-rum kurashi terma jamoasi qadim Rim shahriga jo‘nab ketadi.

Erkin kurash terma jamoasi tarkibi:

51 kg: Abbosbek Qobilov
55 kg: Husanboy Usmonov
60 kg: Javohir Chuliboev
65 kg: Akobir Rahimov
71 kg: Jorullo Abdufattoxov
80 kg: Abbosjon Yo‘ldoshev
92 kg: Sherzod Poyonov
110 kg: Hikmatullo Qurbonov

Murabbiylar - Latif Xalimov, Asror Xo‘jamurodov

Yunon-rum kurashi terma jamoasi tarkibi:

45 kg: Shahzod Ro‘zioxunov
51 kg: Aytjan Xalmaxanov
55 kg: Xurshidbek Normuhammadov
65 kg: Behruz Barnoev
71 kg: Amirshoh Vahobov

Murabbiy - Baxtiyor Sayfiev

Ayollar kurashi terma jamoasi tarkibi:

40 kg: Gulasal Abdunazarova
43 kg: Gulnura Ruslanova
46 kg: Diyora Mirzaeva
49 kg: Sandugash Jenbaeva
57 kg: Ulmeken Esenbaeva
61 kg: Sevinch Sultonova

Murabbiy - Uljan Tajimuratova

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!