Kuperdan ajoyib natija

CHERY AUTO

Sharqiy Konferentsiyada peshqadamlik qilayotgan "Tama-Bey Laytning" klubi bu tur safarda Stenli kubogining amaldagi g‘olibi - "Vashington Kepitalz" jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Tecno

Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan uchrashuvda overtaymda kiritilgan gol evaziga mehmonlar 5:4 hisobida raqibdan ustun kelishdi. E’tiborlisi, bu "Tapmpa-Bey Laytning" bosh murabbiyi Jon Kuper uchun faoliyatidagi 300-g‘alaba bo‘ldi. Mazkur natijani qayd etish uchun unga 500 o‘yin etarli bo‘ldi. Qayd etish joiz, Kuper bunday natijaga erishgan 49-murabbiyga aylandi.

"Vashington" – "Tampa-Bey" – 4:5 (1:0, 2:4, 1:0)

Shaybalar: 1:0 – 7 Eller (Xagelin), 1:1 – 21 Kucherov (Xedman, Stemkos), 1:2 – 22 Stemkos ( Miller), 1:3 – 26 Chirelli (Jozef), 2:3 – 30 Xagelin (Eller), 3:3 – 33 Oshi (Karlson, Ovechkin), 3:4 – 35 Kucherov (Palat, Stemkos), 4:4 – 59 Kuznetsov (Oshi, Bekstrem), 4:5 – 63 Xedman (Gurde).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Temur Ochilov
21/03/2019 18:34
Odamlarni ustidan kulish bu. Sarlavhada yolg'on bo'lmasada. Lekin yolg'on narsaga ishontiradi