
Kumanning o‘rnini "Barsa"ning sobiq futbolchisi egallashi mumkin
"Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Fillip Koku Kataloniya super klubi boshqaruvida Ronald Kumanning o‘rnini egallashi mumkin.
Jurnalist Xerard Romeroning ma’lum qilishicha, 50 yoshli mutaxassisning nomzodi "ko‘k-anor ranglilar" rahbariyatining short-listida bor. “Barsa”da shuningdek, Antonio Konte, Andrea Pirlo, Xavi, Marselo Belsa va Erik ten Xag kabi mutaxassislar nomzodlari ham mavjud.
Koku "Barsa" safida 1998 – 2004 yillarda to‘p surgan. U murabbiy sifatida PSV, "Fenerbaxche" va "Derbi Kaunti" klublarida ishlagan.
“Barselona” ayni damda Ispaniya La Ligasida 8 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda. Kataloniyaliklar kecha o‘z maydonida bo‘lib o‘tgan “Granada”ga qarshi o‘yinning so‘nggi daqiqasida gol urib, muqarrar mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.
Fikrlar