
Kuman “Barsa” muxlislariga muhim gap aytdi
“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman o‘zining ketishi haqidagi savollarga javob berdi.
- 19 ta o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyadan keyin klubdan ketishim haqidagi savollarga javob berish g‘alati tuyulyapti. Bitta uchrashuvni boy bergan kunimiz menga iste’fo haqida eslatadigan bo‘lib qolishdi. Balki ketishim kerakdir. Lekin shartnoma bo‘yicha yana bir yil vaqtim bor.
Men katta bosim borligini bilaman va uni engib o‘tishimga ishonaman. Lekin ketishimni kutayotganlari tushunarsiz. Men “Atletiko”ga qarshi o‘yinda yutsak yoki yutqazsak nima bo‘lishini yaxshi bilaman. Men klub prezidenti Joan Laporta bilan gaplashib oldim va u menga to‘liq ishonadi, - dedi Kuman.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona”ning 19 ta uchrashuvdan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasiga 29-turda ashaddiy raqib – “Real” barham berdi. Bu uchrashuvda madridliklar 2:1 hisobida zafar quchdi va musobaqa jadvalida kataloniyaliklardan o‘zib ketdi.
Fikrlar