Kubarsining jarohati bo‘yicha ma’lumot berildi

  • 19 sentabr, 15:37
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning markaziy himoyachisi Pau Kubarsi Chempionlar ligasi doirasida "Nyukasl"ga qarshi bahsda jarohat olgani uchun maydonni tark etdi. 18 yoshli ispaniyalik futbolchi 69-daqiqada Andreas Kristensenga o‘rnini bo‘shatib berdi.

Tecno

Jurnalist Xavi Migelning ma’lumotiga ko‘ra, Kubarsining almashtirilishi faqat ehtiyot chorasi bo‘lgan. U jiddiy shikastlanishdan qutulib qoldi, hozircha faqat noqulaylik his qilmoqda.

"Barselona" ushbu bahsda "Nyukasl"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. "Ko‘k-anorranglilar" tarkibida Markus Reshford dubl qayd etdi.

Ma’lumot uchun, 21 sentyabr, yakshanba kuni Xans-Diter Flik shogirdlari La Liganing beshinchi turida "Xetafe"ni qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!