
Kubarsi jarohat olib, maydonni tark etdi
"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi hisoblangan Pau Kubarsi Niderlandiyaga qarshi bahsda jarohat olib, safdan chiqdi.
Gap shundaki, Millatlar ligasi chorak finaldan o‘rin olgan Niderlandiya va Ispaniya klublari o‘rtasidagi bahsning 41-daqiqasida Kubarsi jarohat oldi. Murabbiylar shtabi esa fulbekni xavf ostiga qo‘ymasdan zaxira o‘rindig‘iga olishdi. Uning o‘rniga "Bornmut" himoyachisi Din Huysen o‘yinga qo‘shildi.
"Sport" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, Pau to‘pig‘idan jarohat olib, 2-4 hafta maydonga tusha olmaydi. O‘yindan keyin dastlabki tekshiruv natijalaridan so‘ng barchasi ma’lum bo‘ladi.
Bir necha kun oldin esa "Atletiko"ga qarshi bellashuvdan so‘ng "ko‘k-anorranglilar"ning yana bir himoyachisi hisoblangan Inigo Martines ham jarohat olib, safdan chiqqan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Ispaniya terma jamoasi Niderlandiyaga qarshi javob bahsini 23 mart kuni o‘tkazadi.
Fikrlar