Kroos: "Umid qilamanki, ikkala tomon uchun ham mos keladigan echim topamiz"

  • 20 mart, 2024, 15:44
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Toni Kroos "Real" Madrid bilan yangi mehnat shartnomasi imzolashi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Klub bilan hech qanday muammom yo‘q. Hozircha muzokaralar olib boryapmiz. Men hali ham kelajagim haqida bir qaroga kelganim yo‘q. Jamoa bu mavsumda yaxshi o‘ynamoqda, hammasi yaxshi ketmoqda. Umid qilamanki, ikkala tomon uchun ham mos keladigan echim topamiz”, - deya germaniyalik xavbekning so‘zlarini yozdi "Marca" nashri.

34 yoshli yarim himoyachi Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 28 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va ettita golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi iyun oyida tugaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!