Kroos "Oltin to‘p"ga munosib 3 ta futbolchi kimligini aytdi

  • 17 oktabr, 2024, 10:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

"Real"ning sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos bu yilgi "Oltin to‘p" svorinini kim olishi kerakligi haqidagi savolga javob berdi.

“Vinisius, Bellingem, Karvaxal. Shu uchchala futbolchi o‘zaro qaror qilishi kerak. Men ham mukofotni o‘zimga topshirgan bo‘lardim. Asosiysi, u "Real" futbolchisi bo‘lishi kerak, chunki biz Evropaning eng muvaffaqiyatli jamoasi bo‘ldik, - dedi Kroos Goal nashriga bergan intervyusida.

“Oltin to‘p”ni topshirish marosimi 28 oktyabr kuni Parijda bo‘lib o‘tadi. OAV xabariga ko‘ra, sovringa asosiy da’vogar "Real"ning braziliyalik vingeri Vinisius Junior bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!