
Kroos: "Mag‘lubiyatga haqli edik"
Madridning "Real" klubi EChL yarim finalida o‘z yurishini to‘xtatdi. Jamoa yarim himoyachisi Toni Kroos "Manchester Siti"dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz EChLni yomon o‘tkazdik, deya olmayman. Birdamlikda harakat qilishimiz kerak edi. Ular esa buni juda yaxshi uddalashdi va g‘alabaga loyiq edilar. Mag‘lubiyat haqli bo‘ldi. Biz kubokni ko‘p bora yutganmiz, lekin uni har yili qo‘lga kiritishning iloji yo‘q", - dedi germaniyalik futbolchi.
"Real" o‘tgan mavsum aynan yarim finalda "Manchester Siti"ni mag‘lub qilib, finalga chiqqandi. O‘shanda madridliklar "Liverpul"ni taslim qilgan va Chempionlar ligasi g‘olibiga aylangandi.
Eslatib o‘tamiz, Kroosning "qaymoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. U yana bir yilga mehnat shartnomasini uzaytirishi mumkin.
Fikrlar