Kroos: "Bavariya" "Real"da kuchliroq, chunki biz Bundesligada o‘ynamaymiz!

  • 14 noyabr, 2020, 17:11
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Toni Kroos "Real" va "Bavariya" klublarining bu mavsumdagi holati haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Shubhasiz, "Bavariya so‘nggi yillarda dunyoning eng yaxshi jamoasi bo‘ldi. Biz ham eng kuchlilar qatoridamiz va bu qanchalik qiyinligini bilaman. Siz ketma-ket 10 yil tengsiz bo‘la olmaysiz. "Real" 2-3 yil dunyoning eng kuchli jamoasi bo‘lib keldi. Endi bu joyni "Bavariya" egallamoqda. Myunxenliklar Chempionlar Ligasida g‘olib chiqdi va men uchun ushbu musobaqa g‘olibi eng zo‘r jamoa. Chunki bu juda qiyin musobaqa.

"Bavariya" "Real"da kuchliroq, ammo bu hozir muammo emas. Chunki biz Bundesligada o‘ynamaymiz va Chempionlar Ligasida ham to‘qnash kelmayapmiz. Shuni tan olishimiz kerakki, hozir bizdan yaxshi jamoalar bor", - deya fikr bildirdi nemis xavbeki.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!