Krimets va Sergeev o‘ynagan Xitoy klubi Beylni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 22 iyul, 2019, 09:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi vingeri Garet Beyl faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin.

Tecno

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli uelslik futbolchi ayni damda "Beytszin Goan" klubi bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Xitoyliklar Beylga yiliga 24 mln evro maosh taklif qilishmoqda. E’tiborlisi, agar u bu taklifga rozilik bildirsa, Xitoyning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan ham Beylning jamoadan ketishga juda yaqin ekanligi haqida gapirib o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun, "Beytszin Goan" klubida o‘z vaqtida Egor Krimets va Igor Sergeev kabi futbolchilarimiz to‘p surishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Низомтой Эргашев
22/07/2019 11:25
Бейлга орзу Сергеев уйнаган клубда уйнаш