
Kovington qo‘shiqchi bilan jang qilmoqchi
UFCning yarimo‘rta vazn toifasida o‘z janglarini o‘tkazuvchi Kolbi Kovington boks qoidalari asosida mashxur reper Kertis Jekson (50 cent) ga qarshi jang qilmoqchi.
"Men boks qoidalari asosida 50 cent ga qarshi yulduzli jang tashkillashtirishni istayman. Men bir qo‘limni ortimga tutib, unga qarshi ringga chiqaman.
Bu uchun 1 mln dollar tikaman. Men barcha pullarimni qo‘shinlar uchun ishlatishga tayyorman, sababi men qo‘shinlarni yaxshi ko‘raman. Ular bizni erkinligimizni himoya qilishadi. Men 50 cent bilan jang qilmoqchiman," - dedi Kovington.
Eslatib o‘tamiz, Kovington o‘zining so‘nggi jangini UFC 245 doirasida Kamaru Usmanga qarshi o‘tkazib, beshinchi raundda nokaut evaziga mag‘lub bo‘lgandi.
Fikrlar