
Koutino EChLda g‘olib chiqishi "Liverpul" hech qanday foyda keltirmaydi
Agar “Barselona”ning “Bavariya”da ijarada o‘ynayotgan futbolchisi Filippe Koutino myunxenliklar safida Chempionlar ligasida g‘olib chiqsa ham “Liverpul” hech qanday bonus olmaydi.
The Times nashrining yozishicha, tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, braziliyalik futbolchi faqatgina kataloniyaliklar safida EChLda g‘olib bo‘lsagina, mersisaydliklar 5 mln evro miqdorida bonusga ega bo‘lishlari mumkin.
Koutino “Barselona” safiga 2018 yilning yanvarida 120 mln evro evaziga aynan “Liverpul”dan ko‘chib o‘tgan edi.
Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" Chempionlar ligasi yarim finalida "Lion"ga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar