
Koronavirus stol tennisiga ham zarar keltirdi
Bugungi kunda butun dunyoni xavfga solayotgan koronavirus (COVID-19) kassaligini yuqtirib olgan insonlar soni 135 mingga, vafot etganlar soni esa qariyb 5 ming nafarga yaqinlashib qoldi. Ayni kunlarda mazkur virusni tarqalishini oldini olish va insonlarning salomatligini saqlash maqsadida ko‘plab mamlakatlarda ommaviy sayllar, sport musobaqalari, xalqaro anjuman va tadbirlar o‘tkazilishi bekor qilinmoqda.
Jumladan, koronavirus sabab stol tennisi bo‘yicha joriy yilning 22-29 mart kunlari Janubiy Koreyaning Pusan shahrida o‘tishi kerak bo‘lgan jahon chempionati, 1-5 aprel kunlari Italiyaning Richchone shahridagi jahon pro-turi reyting musobaqasi, 21-23 aprel kunlari Eronning Tehron shahrida yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati kvalifikatsion turniri o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.
Fikrlar