
Kori Goff barchani lol qoldiridi
Joriy yilgi sport mavsumining tennis yo‘nalishida yil kashfiyotiga aylangan amerikalik Kori Goff, "Upper Austria Ladies Linz" turniri g‘olibiga aylandi.
Kori Lints shahrida ayollar o‘rtasida o‘tgan musobaqaning finali bahsida latviyalik Elena Ostapenkoni 6:3, 1:6, 6:2 hisobida taslim qildi.
Shu tariqa 15 yoshli Goff musobaqa bosh sovrini bilan bir qatorda 34,677 Evro pul mukofoti va 280 reyting ochkosini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar