
Koreyslar bilan durang o‘ynagan qo‘shnilarimiz musobaqadagi ishtirokini yakunladi
20 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida Osiyo Kubogi 3-turidan o‘rin olgan Janubiy Koreya hamda Tojikiston bahsi yakunlandi. Unda koreyslarga qarshi maydonga chiqqan Tojikiston 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Shu tariqa, Janubiy Koreya o‘z guruhida 7 ochko qo‘lga kiritib, birinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi. Tojikiston esa 4 ochko bilan o‘z 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi va musobaqadagi yurishiga yakun yasadi.
Fikrlar