
Konte "Inter"ning afsonaviy murabbiylari qatoriga qo‘shildi
Xabaringiz bor kecha Italiya A Seriyasining ilk turida “Inter” o‘z maydonida “Lechche”ni qabul qildi va 4:0 hisobida zafar quchdi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra Antonio Konte “neradzurrilar” tarixida mavsumni 4 ta gol farqi bilan g‘alaba bilan boshlagan 3-murabbiyga aylandi. Bungacha bunday natijani faqatgina “Inter”ning afsonaviy murabbiylari - Juzeppe Meatstse va Elenio Errerelar qayd etishgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Konte “Inter”ni Luchano Spallettining iste’fosidan so‘ng joriy yoz o‘z qo‘liga olgan edi.
Fikrlar