
Konte: Bu hurmatsizlik
Antonio Konte ”Yuventus”ning keyingi bosh murabbiyi bo‘lishi haqidagi mish-mishlarga javob berdi.
”Bu ”Yuventus”da ishlayotgan murabbiy va menga nisbatan hurmatsizlik", - dedi "shporlar" ustozi.
Murabbiy ”Tottenxem” klubini 2021 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Bu mavsum uning shogirdlari Premer-ligada 3-o‘rinda, Chempionlar Ligasida esa guruhda 2-o‘rinda borishmoqda.
Qayd etish lozim, Konte futbolchilik faoliyatining katta qismini turinliklar safida o‘tkazgan. Shuningdek, 2011-2014 yillar oralig‘ida "keksa sinora" tarkibida bosh murabbiy vazifasini bajargan.
Fikrlar