
Konorning do‘sti Aleks Pereyra bilan mashg‘ulot o‘tkazdi (foto)
Konor Makgregorning yaqin do‘sti, mashhur grepler, Bellator jangchisi Dillon Denis (2-0) UFC yarim og‘ir vazn toifasi (91 kg) vakili Aleks Pereyra (8-2) bilan birga shug‘ullandi va Instagram sahifasiga rasm joylab, quyidagicha izoh qoldirdi:
"Bugun Aleks Pereyra bilan mashg‘ulot o‘tkazdim. Xey Logan Pol 14 oktyabr kuni seni sindirib tashlayman".
Eslatib o‘tamiz, Dillon Denis 14 oktyabrda Manchester shahrida Logan Polga qarshi boks qoidalari doirasida jangi o‘tkazadi.
Aleks Pereyra esa, o‘zining navbatdagi jangida Irji Prxazkaga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Fikrlar