KO‘JCh. "Chelsi" ilk uchrashuvda ishonchli hisobda zafar quchdi

  • 17 iyun, 02:24
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining 1-turida Entso Mareska boshchiligidagi "Chelsi" MLSning "Los-Andjeles" klubini 2:0 hisobida mag‘lub etdi. 
 
Uchrashuvning 34-daqiqasida Pedru Neto hisobni ochishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning 79-daqiqasida Entso Fernandes oradagi farqni 2 taga etkazib qo‘ydi. Bu gol esa bellashuvdagi so‘nggisi bo‘lib qoldi. Shuningdek, ilk golni kiritgan portugaliyalik vinger to‘qnashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 
 
Guruhning boshqa bir o‘yinida esa Tunisning "Esperans" jamoasi bilan Braziliyaning "Flamengo" klublar o‘zaro to‘qnash keladi. Mazkur to‘qnashuv esa ertaga soat 06:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!