
Klopp yangi lavozimda ish boshlaydi
"Red Bull" kompaniyasi Yurgen Kloppni futbol rahbari etib tayinlaganini e’lon qildi.
Nemis mutaxassisi 2025 yilning 1 yanvaridan ish boshlaydi.
57 yoshli Klopp o‘zining yangi lavozimida "Red Bull" klublarining xalqaro tarmog‘ini strategik boshqarish uchun mas’ul bo‘ladi
Kompaniya mutaxassisning klublar kundalik faoliyatida ishtirok etmasligini aytdi. U sport direktorlariga yordam beradi. Yurgen shuningdek, skautlik xizmatlarini nazorat qiladi va murabbiylarni tayyorlaydi.
Ma’lumot uchun, "Red Bull" kompaniyasi Germaniyaning " RB Leyptsig", Avstriyaning "RB Zaltsburg" va Amerikaning "Nyu-York RB" klublariga egalik qiladi.
Fikrlar