
Klopp bu futbolchini "Liverpul"da olib qolmoqchi
"Liverpul" yarim himoyachisi, 36 yoshli Jeyms Milner mersisaydliklar bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin, chunki amaldagi shartnoma joriy mavsum oxirida yakuniga etadi, deydi insayder Fabritsio Romano.
Manbaga ko‘ra, "Liverpul" allaqachon futbolchi bilan bog‘lanib, unga shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish taklifini bildirgan.
Qayd etilishicha, bosh murabbiy Yurgen Klopp shaxsan Milnerning «Liverpul»dagi faoliyatini davom ettirishidan manfaatdor.
Milner joriy mavsumda premer-ligada 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar