
KL saralash bosqichi. "Istanbul Bashakshexir" minimal hisobda zafar quchdi. Shomurodov esa zaxiradan maydonga tushdi
Konferentsiyalar ligasi saralash bosqichidan o‘rin olgan "Cherno more" - "Istanbul Bashakshexir" klubi o‘rtasidagi bellashuv o‘z nihoyasiga etdi.
Mazkur to‘qnashuvda Turkiya klubi minimal 0:1 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.
Muxlislar birinchi bo‘limda gol ko‘rishmadi. Ikkinchi bo‘limning 52-daqiqasida Omer Ali Shaxiner hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Bu gol esa o‘yin taqdirini hal qildi.
73-daqiqada esa O‘zbekiston milliy terma jamoamiz sardori hisoblangan Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi.
Shu orqali, hamyurtimiz yangi klubidagi rasmiy debyut uchrashuvida ishtirok etdi.
Fikrlar