Kimmix uchun kurashga Italiyaning grand klubi ham qo‘shildi

  • 4 mart, 16:28
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" Joshua Kimmix transferi uchun kurashga qo‘shildi,deb xabar bermoqda "Teamtalk" nashri. 
 
"Inter" "Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmixni qo‘lga kiritish uchun "Liverpul" bilan jiddiy raqobatga kirishmoqda. Germaniyalik futbolchining Myunxendagi kelajagi mavhum bo‘lib, u hali yangi shartnoma imzolamagan va boshqa mamlakat klublari bilan muzokara o‘tkazishi mumkin. 
 
30 yoshli futbolchiga qiziqayotgan jamoalar ko‘p. "Inter" esa unga to‘rt yillik shartnoma taklif qilishni muhokama qilmoqda. Klub rahbarlari Joshuaga yiliga 6 million evro (haftasiga taxminan 95 ming funt) maosh berishga tayyor. 
 
"Bavariya" sport direktori Maks Eberl futbolchining jamoadagi kelajagi noaniq ekanini bildirgan. Shu sababdan, Kimmix o‘zini jamoada muhim o‘yinchi sifatida his qilmayapti. 
 
Madridning "Real" klubi, "Manchester Siti" va PSJ ham uning holatini kuzatib bormoqda. Biroq, barcha klublar hozircha aniq harakat qilmagan. "Nerazzurilar" esa transferni raqobat kuchayguncha hal qilishga intilmoqda. 
 
Ma’lumot o‘rnida, germaniyalik himoyachi joriy mavsum 36 ta bellashuvda ishtirok etib, 1 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozigacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 50 million evro deb baholanmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!