Kikboksing. Bugun Tailandda Osiyo chempionati boshlanadi
Bugun Tailandda kikboksing bo‘yicha qit’a chempionati oldidan Osiyo kikboksing assotsiatsiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Kikboksing assotsiatsiyasi rahbari Oybek Normetov hamda O‘zbekiston hakamlar kengashi boshlig‘i Temur Muhammedjanov ishtirok etdi.
Yig‘ilishda tashkilotning kelajak rejalari, oldindagi musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish hamda kikboksing sport turini Osiyo qit’asida keng ommalashtirish bo‘yicha bir qator masalalar muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, bugun Tailandda kikboksing bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati start oladi. E’tiborlisi, ushbu musobaqa 2023 yil Ar-Riyodda o‘tkaziladigan Butunjahon jangovar o‘yinlariga (World combat games) saralash vazifasini ham o‘taydi.



Fikrlar