
Kikboksing bo‘yicha Respublika chempionati bo‘lib o‘tdi
Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida qad rostlagan “Dinamo” sport majmuasi kikboksing bo‘yicha o‘tkazilgan Respublika chempionatiga mezbonlik qildi. Mazkur turnirda yurtimizning 9 viloyatidan tashrif buyurgan kuchli sportchilar o‘zaro g‘oliblik uchun kurash olib borishdi. Janglar juda shiddatli ko‘rinish oldi va yakunda Andijon terma jamoasi birinchi o‘rinni, Toshkent shahri vakillari ikkinchi va nixoyat uchinchi pog‘onani mezbonlar, Sirdaryo viloyati kikboksingchilari qo‘lga kiritdi.
Fikrlar