
Keyn: "U futbolchilarning hurmatiga sazovor bo‘ldi"
"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn jamoa bosh murabbiyi Vensan Kompanining murabbiylik qobiliyatlarini baholadi.
- U bilan ishlash menga haqiqatan ham yoqadi. Kompani ajoyib murabbiy. U kuchli xarakterga ega, maydon va mashg‘ulotlarda o‘yinchilardan nimani kutayotganini aniq biladi. U hamma narsani to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytadi, barcha o‘yinchilarga bir xil munosabatda bo‘ladi - 500 ta o‘yin o‘tkazdingmi yoki bittami, farqi yo‘q.
Menimcha, u futbolchilarning hurmatiga to‘liq sazovor bo‘ldi. Men Vensandan turli usullar va ba’zi taktik nozikliklarni o‘rgandim, bu esa ma’lum jihatlarda mukammalroq bo‘lishimga yordam berdi, - dedi Keyn Bundesliga rasmiy saytiga bergan intervyusida ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, belgiyalik mutaxassis o‘tgan yil yozda Tomas Tuxel o‘rniga Myunxen grandi ustozligiga kelgan edi.
Fikrlar