
Keyn inglizlarning ishini davom ettirdi
Bundesliganing beshinchi turida “Bavariya” hujumchisi Harri Keyn “Boxum” darvozasini uch marotaba ishg‘ol qildi.
Bu orqali Harri Keyn Germaniya Bundesligasida xet-trik qayd etgan to‘rtinchi angliyalik futbolchiga aylandi.
Angliyaliklardan nemislarning yuqori divizionida uchta gol urishni birinchi bo‘lib Kevin Kigan uddalagan. U bundan 45 yil muqaddam – 1978 yilda tarixiy natija qayd etgan.
Kigandan keyin Toni Vudkok 1980 va 1982 yillarda ikki marta uchtadan to‘p kiritishni uddalagan. Keyin qariyb qirq yillik tanaffus vujudga keldi.
Yangi asrda bu ishni Jeydon Sancho takrorladi. “Borussiya” safida porlagan angliyalik yulduz 2020 yilda raqiblar darvozasiga uch marta yo‘l topgan.
Harri Keyn ular qatoriga qo‘shildi.
Fikrlar