Keyn 901-golini urgan Ronaldu haqida gapirdi

  • 11 sentabr, 2024, 11:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Xarri Keyn 39 yoshli portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning erishgan yutuqlari haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi. “An-Nasr” forvardi faoliyatidagi 901-golini urdi.

Tecno

“Ronalduning yutug‘i? Men hozir 31 yoshdaman va juda yaxshi formadaman. Menda ham jismonan, ham ruhiy jihatdan hammasi yaxshi. Ammo mendan ancha uzoqroq o‘ynagan boshqa futbolchilar ham bor. Ulardan biri Krishtianu. U o‘z misolida siz juda uzoq vaqt yuqori saviyada qolishingiz mumkinligini ko‘rsatmoqda”, — deya angliyalik futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Telegraph nashri.

Avvalroq matbuotda Ronaldu qachon faoliyatidagi 1000-golini urishi haqida bashorat qilingan edi. Bu portugaliyalik 43 yoshga to‘ladigan 2028 yilning 15 fevralida sodir bo‘lishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!