Kevin De Bryuyne keyingi manzili aniq. U rad etib bo‘lmaydigan taklif oldi

  • 5 mart, 17:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”ga uzoq yillar etakchilik qilgan Kevin de Bryuynening klub bilan amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi.

Tecno

Hozircha, uning klubdagi kelajaki mavhum bo‘lib turibdi. Xosep Gvardiola avvaliga Kevinni kelajakdagi rejalariga kiritmadi. Klub xo‘jayinlari esa, agar o‘yinchi hozirgi maoshining uchdan biridan kamrog‘ini olib o‘ynashga rozilik bersa, unga yangi bitim berilishi mumkinligini bildirdi.

So‘nggi ma’lumotlarga qarganada, 33 yoshli yulduz Saudiya Arabistonidan rad etib bo‘lmaydigan taklif olgan. Krishtianu Ronalduga tarkibni kuchaytirib borishga va’da bergan “An-Nasr” belgiyalik futbolchini o‘z safiga chorlamoqda.

Shayxlar Kevin de Bryuynening bir yillik xizmatini 70 million evroga baholamoqda. Agar bu transfer amalga oshsa, tajribali yarim himoyachi dunyoda eng katta maosh oladigan o‘yinchilarr ro‘yxatiga qo‘shiladi.

Kevin de Bryuyne Evropada qolishga qaror qilsa, PSJ varianti ham bor. Frantsiyaliklar unga har mavsum uchun 35 million evrodan maosh taklif qilyapti. Bu borada “Pari Sen-Jermen” klublarning eng nufuzli musobaqasi – Chempionlar ligasida g‘oliblik uchun kurashish imkoniga ega ekani parijliklarda Kevin aynan shu jamoani tanlashiga umid uyg‘otyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!