
Kecha "Siti"ga gol urgan "Lion" futbolchisiga xaridor chiqa boshladi
Myunxengladbaxning "Borussiya" klubi "Lion" hujumchisi Maksvell Kornening xizmatlariga qiziqib qoldi.
Le 10 Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, nemis grandi 23 yoshli ivuarlik futbolchini shu yoz sotib olishga urinib ko‘rmoqchi. Korne kecha Chempionlar ligasi chorak final bahsida "Manchester Siti" (3:1) darvozasini ishg‘ol qilgan edi.
Maksvell Korne joriy mavsum “Lion” safida 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar