Kavani yangi chempionatga o‘tadi

  • 28 mart, 2022, 19:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Yunayted” hujumchisi Edinson Kavani faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirmoqchi. 35 yoshli hujumchi “Real Sosedad” bilan muzokara boshladi.

Manbaning ta’kidlashicha, tomonlar o‘rtasidagi muzokaraning birinchi bosqichi muvaffaqiyatli o‘tgan.

Ta’kidlash lozimki, “Real Sosedad” urugvaylik to‘purar uchun Ispaniyadagi yagona variant emas. Unga bir necha klublar qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumotlar tarqatilyapti.

Kavani faoliyati davomida kuchli beshlik chempionatlaridan Italiya, Frantsiya va Angliyada to‘p tepgan. Endi u o‘z kuchini La ligada sinab ko‘radi.

Mohir hujumchi joriy mavsumda Angliya premer-ligasida 12 ta uchrashuvda qatnashib, ikkita gol urdi va bitta golli pas oshirdi. U mavsum oxirida erkin agentga aylanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!