
Kavani uchta jamoani tanladi
“Manchester Yunayted” hujumchisi Edinson Kavani yozda erkin agentga aylanganidan so‘ng, faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi.
Urugvaylik to‘purar Ispaniya chempionatida to‘p tepmoqchi. Taniqliu jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, Kavani o‘ziga eng maqbul variant sifatida “Barselona”ni tanlagan.
Bundan tashqari, 34 yoshli hujumchi La Liga vakillari – “Sevilya” va “Real Sosedad” taklifini ham muhokama qilishga tayyor.
Edinson Kavani joriy mavsumda 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi va bitta golli pas muallifi bo‘ldi.
Fikrlar