
Kavani bu superklub uchun maoshidan kechdi
“Manchester Yunayted” hujumchisi Edinson Kavani tezroq boshqa jamoaga o‘tmoqchi. Urugavaylik to‘purar manchesterliklar unga etarli o‘yin amaliyoti bermayotganidan norozi.
Kavaniga “Barselona” jiddiy qiziqish bildiryapti. Futbolchining o‘zi ham bu transferga qarshi emas. Hatto Edinson kataloniyaliklar safiga qo‘shilish uchun maoshining sezilarli darajada kamaytirilishiga ham rozi.
Yuragidagi xastalik tufayli Serxio Aguero futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qilganidan so‘ng Xavi jamoasida tajribali hujumchiga ehtiyoj paydo bo‘ldi. Shuning uchun ham “Barselona” Kavani transferini yanvarda amalga oshirmoqchi.
Fikrlar